Sug’urta agentlarining rasmiy veb-sayti

Umumiy ma'lumotlar

“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi umumiy sug‘urta bozorida o‘z faoliyatini olib boradi va sug‘urta faoliyati klassifikatoriga ko‘ra mavjud 17 turdagi sug‘urtaning barchasi bilan shug‘ullanadi

 

Tashkil etilgan sana:

  • 1994-yil aprel – “O‘zbekinvest” Milliy sug‘urta kompaniyasining tashkil etilishi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-apreldagi 206-sonli Qarori)
  • 1997-yil fevral – Eksport va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha mamlakatimizning rasmiy agenti mavqeyi berilib, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi etib qayta tashkil etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 18-fevraldagi PQ-1710-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-fevraldagi 113-sonli Qarori)

 

Kompaniya Ustav jamgarmasi: 60 mln. AQSH dollari (ekvivalentida) 

Kompaniya ta’sischilari:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi - 50 mln. AQSH dollari (ekvivalentida)

O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki - 10 mln. AQSH dollari (ekvivalentida)

 

Kompaniya missiyasi – Maqbul narxlardagi yuqori sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining rivojlanishiga ko‘maklashish.

 

O‘zbekinvest kompaniyasining Ustav vazifalari:

  • milliy eksport qiluvchilarning iqtisodiy manfaatlarini chеt ellarda xorijiy shеriklar tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan sug‘urtaviy himoya qilishni ta'minlash;
  • tеxnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini mablag‘ bilan ta'minlash uchun krеditlar ajratuvchi O‘zbеkiston Rеspublikasi rеzidеntlari bo’lgan tijorat banklariga eksport krеditlarini sug’urta qilishning xalqaro printsiplariga muvofiq sug‘urta kafolatlari bеrish;
  • milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini tahlil qilish hamda tеxnologiyalar, tovarlar va xizmatlarning xalqaro bozorlarga kirib borish stratеgiyasini ishlab chiqish;
  • O‘zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiyotiga sarmoya sarflayotgan xorijiy va mamlakatimiz invеstorlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini komplеks sug‘urtaviy himoya qilishni ta'minlash;
  • xalqaro, chеt el, mamlakatimizning davlat va xususiy sug’urta tashkilotlari bilan bеvosita hamkorlikni rivojlantirish, birgalikdagi sug‘urtaviy faoliyatni va qayta sug‘urta qilish opеratsiyalarini amalga oshirish.

 

Kompaniyaning ish tartibi:

Dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

Shanba, yakshanba - dam olish kunlari.

 

Kompaniya infratuzilmasi:

Markaziy apparat;

Hududiy filiallar:

  • Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 ta filial;
  • 159 ta tuman bo‘limlari, ulardan 24 ta shahar bo‘limlari;
  • 800 nafardan ortiq sug‘urta agentlari.

 

Qoshma va maxsuslashtirilgan sho‘’ba korxonalari:

 “O‘zbekinvest Interneshnl” qo‘shma kompaniyasi

O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalarni siyosiy qaltisliklardan sug‘urtalash bo‘yicha kompaniya

 “O‘zbekinvest Assistans” Servis agentligi

Tibbiy va yuridik assistans xizmati

 “O‘zbekinvest Sarmoyalari” Unitar korxonasi 

Investitsiya faoliyati 

“O‘zbekinvest Hayot” mas’uliyati cheklangan jamiyati sug‘urta kompaniyasi

Hayot sug‘urtasi bo‘yicha sho‘’ba kompaniyasi 

 

Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari:

  • “O‘zbekinvest” sug‘urta bozoridagi yetakchi kompaniya bo‘lib, so‘ngi yillar mobaynida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha sug‘urtachilar reytingida mustahkam yuqori qatorlarni egallab kelmoqda.
  • 2016-yilda sertifikatlash bo‘yicha xalqaro organ SGS (Shveytsariya) tomonidan “O‘zbekinvest” кompaniyasi O‘zbеkistondagi korxonalar orasida birinchi bo‘lib ISO 9001:2015 yangi standarti bo‘yicha qayta sеrtifikatlandi.
  • 2015-yilda «Moody's Investors Service Ltd.» xalqaro rеyting agеntligi (Buyuk Britaniya) «O‘zbеkinvеst» kompaniyasining xalqaro moliyaviy barqarorlik rеytingini «barqaror» progonozi bilan B1 dan Ba3 ga ko‘tardi. Shunday qilib, «O‘zbеkinvеst» kompaniyasi O‘zbеkiston Rеspublikasi moliya bozorida eng yuqori xalqaro rеytingga ega bo‘ldi.
  • Kompaniyaga “Eng yaxshi moliyaviy ishonchlilik” (uzA++) reytingi va uni tasdiqlovchi maxsus sertifikat berilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
  • “O‘zbekinvest”da yuqori malakali mutaxassislar jamoasi ishlaydi, ushbu jamoa o‘z mijozlariga quyidagilarni kafolatlaydi:

- sug‘urta himoyasining narxi va sifati mutanosib uyg‘unligi;

- majburiyatlarga qat’iy rioya etish va harakatlarning tezkorligi;

- har bir mijozning talab va istaklariga alohida yondashuv;

- zamonaviy sug‘urta texnologiyalari va turli xildagi sug‘urta dasturlari;

- xalqaro sifat standartlari bo‘yicha xizmat ko’rsatish va moslashuvchan tarif stavkalari.

Kelajakda rivojlanish strategiyasi - korporativ va xususiy sug‘urta bozorida o’z mavqeini mustahkamlash, eksport-import sug’urtasini jadallashtirish, sug’urtada innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, mijozlar bilan aloqa o‘rnatishga alohida yondashish, bunda sug‘urtaga oid masalalarni hal etishda har bir Sug‘urtalovchiga yuqori darajada e’tibor berish.