Sug’urta agentlarining rasmiy veb-sayti

Jismoniy shaxslar uchun

Jismoniy shaxslarning yuklarini sug‘urta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalovchining yuklarga egalik qilish, ulardan foydalanish, idora qilish bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari

Sugʻurta shartnomasi quyidagi shartlar bilan tuziladi:

“Barcha qaltisliklarga javoblarlik bilan”,  bu boʻyicha quyidagilar toʻlab beriladi:

- yukning barchasi yoki bir qismiga zarar yetishi yoki nobud boʻlishi natijasida yuzaga kelgan barcha zararlar.

- umumiy avariya boʻyicha yuzaga kelgan xarajatlar va toʻlovlar.

- yukni qutqarish, zararni kamaytirish va uning hajmini aniqlash uchun zarur va maqsadga muvofiq amalga oshirilgan xarajatlar.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

- yukning hammasi yoʻqotilganda (nobud boʻlganda) – shartsiz franshiza chiqarib tashlangan holdagi butun sugʻurta summasi miqdorida;

- yukning bir qismiga zarar yetishi (nobud boʻlishi) holatida – shartsiz franshiza chiqarib tashlangan holda, yoʻqotilgan yuk qiymatining butun yuk qiymatiga nisbatiga proportsional boʻlgan sugʻurta summasi ulushi bilan aniqlanadi;

- zarar yetgan yukni taʼmirlash narxi, agar u sugʻurta qoplamasi miqdoridan oshmasa;

Sugʻurta shartlariga koʻra toʻlab berilishi lozim boʻlgan xarajatlar Kompaniya tomonidan sugʻurta qoplamasini toʻlashda toʻlab beriladi.

Jismoniy shaxslarning mulkini sug'urta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalovchining yoki Naf oluvchining mulkini yoʻqotish, nobud boʻlishi yoki zarar yetishi qaltisligi bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari.

Sugʻurta shartnomasi barcha qaltisliklardan yoki ularning istalgan kombinatsiyasi bilan tuzilishi mumkin:

Yongʻin, yashin urishi, portlash,yu zilzila, yer oʻpirilishi, yer koʻchishi, sel, suv bosishi, boʻron/dovul.

Kompaniya sugʻurtalangan mulk boʻron/dovul natijasida nobud boʻlishi yoki zararlanishi holatida sugʻurta qoplamasini toʻlab beradi, agar nobud boʻlish yoki zarar yetishi quyidagilar natijasida sodir boʻlgan boʻlsa:

* bevosita taʼsir etishi;

* boʻron/dovulning taʼsiri ostida binolarning qismlari, daraxtlarning sugʻurtalangan mulk yoki ular joylashgan binolarga qulashi.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

- mulk yoʻqotilganda (toʻliq nobud boʻlganda) – zarar yetgan mulkning Sugʻurta shartnomasini tuzish sanasidagi haqiqiy qiymatida, lekin sugʻurta summasidan katta boʻlmagan miqdorda;

- mulkka zarar yetganda (qisman buzilganda) – tiklash xarajatlari miqdorida, lekin sugʻurta summasidan katta boʻlmagan shartda;

Tiklash xarajatlari oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

- taʼmirlash (tiklash) uchun sarflanuvchi materiallar va ehtiyot qismlar uchun xarajatlar;

- taʼmirlash ishlar uchun toʻlov xarajatlari;

- taʼmirlash joyiga materiallarni yetkazib keltirish xarajatlari va boshqa xarajatlar.

Sugʻurta qoplamasi miqdori franshizani hisobga olgan holda, Sugʻurtalovchi yoki Naf oluvchi tomonidan olingan summalarni chiqarib tashlagan holda aniqlanadi.

Ixtiyoriy tibbiy sug'urta

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

- Sugʻurtalangan shaxslar mazkur Shartnoma amal qilish muddati ichida oʻtkir kasallik, surunkali kasallikning ogʻirlashishida va boshqa sogʻliq yomonlashishi holatlarida tibbiy yordam olish uchun tibbiy muassasaga murojaat qilganda tanlangan tibbiy sugʻurta Dasturi chegaralaridagi Sugʻurtalangan shaxslarning sogʻligʻi bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

Tibbiy xizmatlarni olish uchun Sugʻurtalangan shaxs sugʻurta polisida koʻrsatilgan telefonlari orqali Kompaniyaning Assistans xizmatiga murojaat qilishi, operatorga tibbiy yordam olishi zarurligini xabar qilishi lozim va keyinchalik operatorning yoʻriqnomalariga amal qilishi kerak.

Tibbiy muassasaga murojaat qilganda Sugʻurtalangan shaxs oʻz Sugʻurta polisini va pasportini koʻrsatishi lozim.

Kompaniya Sugʻurtalangan shaxsga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun tibbiy muassasaga toʻlov topshiriqnomalarini toʻlashni mustaqil ravishda amalga oshiradi. 

Ixtiyoriy tibbiy sug'urta uchun Deklaratsiyani yuklab olish

Yuqumli kasalliklardan sug'urtalash

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

-  Sugʻurtalangan shaxslar  mazkur Shartnoma amal qilish muddati ichida oʻtkir kasallik, surunkali kasallikning ogʻirlashishida va boshqa sogʻliq yomonlashishi holatlarida tibbiy yordam olish uchun tibbiy muassasaga murojaat qilganda tanlangan tibbiy sugʻurta Dasturi chegaralaridagi Sugʻurtalangan shaxslarning sogʻligʻi bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

Tibbiy xizmatlarni olish uchun Sugʻurtalangan shaxs sugʻurta polisida koʻrsatilgan telefonlari orqali Kompaniyaning Assistans xizmatiga murojaat qilishi, operatorga tibbiy yordam olishi zarurligini xabar qilishi lozim va keyinchalik operatorning yoʻriqnomalariga amal qilishi kerak.

Tibbiy muassasaga murojaat qilganda Sugʻurtalangan shaxs oʻz Sugʻurta polisini va pasportini koʻrsatishi lozim.

Kompaniya Sugʻurtalangan shaxsga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun tibbiy muassasaga toʻlov topshiriqnomalarini toʻlashni mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Yuqumli kasalliklardan sug'urtalash uchun ariza-so'rovnomani yuklab olish

Sportchilarni baxtsiz hodisalardan sug'urtalash

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalangan shaxslar bilan sport musobaqalarida qatnashish vaqtida roʻy bergan va quyidagi oqibatlarga olib kelgan baxtsiz hodisalar:

- Sugʻurtalangan shaxsning travmatik jarohatlari;

- Sugʻurtalangan shaxsning oʻlimi.

Baxtsiz hodisa roʻy bergan kundan boshlab olti oy ichida yuzaga kelgan oqibatlar ham mazkur sugʻurta bilan qoplanadi, lekin baxtsiz hodisa Sugʻurtalash davrida roʻy berganlik sharti bilan.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

Sugʻurta hodisasining ruy berishi bilan bogʻliq boʻlgan sugʻurta toʻlovi “Sugʻurta toʻlovlari jadvali”ga muvofiq sugʻurta summasining foizlari miqdorida aniqlanadi.

Bir nechta travmatik jarohatlar olinganda – sugʻurta toʻlovi har bir travmatik jarohatlarning summasi miqdorida belgilanadi, lekin u Sugʻurtalangan shaxs uchun belgilangan personal sugʻurta summasidan oshib ketishi mumkin emas.

Sugʻurtalangan shaxsning baxtsiz hodisa natijasida vafot etishi holatida sugʻurta toʻlovi miqdori Sugʻurtalangan shaxs uchun belgilangan personal sugʻurta summasining 100% ni tashkil qiladi.

Rieltorlarning javobgarligini sug‘urta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalanuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududida professional rieltorlik faoliyatini amalga oshirish buyicha xizmatlarni koʻrsatishda Sugʻurtalanuvchining qasddan qilinmagan, sugʻurta davri ichida roʻy bergan kasbiy xatosi natijasida yuzaga kelgan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

- daʼvolarni koʻrib chiqish jarayonida aniqlangan miqdorda, lekin sugʻurta summasidan koʻp emas.

- Oʻz mansab majburiyatlari doirasida harakat qilayotgan uning oʻzi yoki xodimlarining professional ehtiyotsizligi, xatosi yoki yanglishishi natijasida Naf oluvchiga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatidagi pul summasi;

- Kompaniyaning yozma roziligi bilan, daʼvolarni tartibga solish uchun Sugʻurtalovchining chiqimlari miqdoridagi summa.

Sugʻurta qoplamasi Sugʻurtasi tomonidan quyidagi asoslarda toʻlab beriladi:

- Sugʻurtalovchining arizasi;

- jabrlanuvchi uchinchi shaxsning yetkazilgan zararni qoplab berish toʻgʻrisidagi yozma daʼvosi.

Sugʻurta qoplamasi Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 15 (oʻn besh) kun davomida Sugʻurtalovchining yoki Naf oluvchining hisobraqamiga pul oʻtkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Hayotni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalangan shaxslarning hayot va sogʻliq bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari.

Bazaviy sugʻurta tariflari va ularga belgilangan koeffitsiyentlarga muvofiq hisoblangan sugʻurta mukofotidan Sugʻurtalanuvchiga chegirma taqdim qilinishi mumkin.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

- Sugʻurtalangan shaxsga travmatik jarohat va/yoki boshqa turdagi sogʻliqning yomonshashuvi holatlarida;

- Sugʻurtalangan shaxs I-guruh nogironligini olsa;

- Sugʻurtalangan shaxsning oʻlimi.

Soliq maslahatchilarining javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalovchining Naf oluvchi oldida fuqarolik-huquqiy javobgarligi  yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

Kompaniya tomonidan sugʻurta qoplamasining toʻlanishi Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 15 (oʻn besh) kun ichida amalga oshiriladi.

Sugʻurta qoplamasini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror 15 (oʻn besh) kun ichida xabar qilinishi lozim.

Sugʻurta qoplamasi Naf oluvchiga yoki tomonlarning kelishuviga koʻra Sugʻurtalovchiga toʻlab beriladi.

Sugʻurta qoplamasi toʻlovi amalga oshirilgandan soʻng Sugʻurtalovchi javobgarligi yuzaga kelishiga sababchi boʻlgan soliq maslahatchisiga nisbatan Sugʻurtalovchining talab qilish huquqi Kompaniyaga oʻtmaydi, soliq maslahatchisi tomonidan qasddan zarar yetkazish holatlari bundan mustasno. 

Stomatologik xizmatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlardan sig‘urtalash shartnomasi

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalangan shaxslarning sugʻurta davri ichida quyidagi kasalliklarga olib kelgan sugʻurta hodisalar roʻy berishi holatida tibbiy muassasaga murojaat etishi bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari

- flyuoroz;

- giperesteziya;

- tishlar jarohati;

- yuzaki kariyes;

- pulьpa tomirlarining  kasallanishi;

- pulьpa nekrozi;

- pulьpit;

- parodontopatiya;

- gingivit;

- jarohat natijasidagi kataral gingivit;

- jarohat natijasidagi stomatit.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

Tibbiy xizmatlarni olish uchun Sugʻurtalangan shaxs sugʻurta polisida koʻrsatilgan telefonlari orqali Kompaniyaning Assistans xizmatiga murojaat qilishi, operatorga tibbiy yordam olishi zarurligini xabar qilishi lozim va keyinchalik operatorning yoʻriqnomalariga amal qilishi kerak.

Tibbiy muassasaga murojaat qilganda Sugʻurtalangan shaxs oʻz Sugʻurta polisini va pasportini koʻrsatishi lozim.

Kompaniya Sugʻurtalangan shaxsga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun tibbiy muassasaga toʻlov topshiriqnomalarini toʻlashni mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Ssuda oluvchini baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Baxtsiz hodisa natijasida yuzaga kelgan Sugʻurtalangan shaxsning oʻlimi oqibatida Kafillik shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajara olmasligi bilan bogʻliq boʻlgan Sugʻurtalanuvchining mulkiy manfaatlari.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

Sugʻurta toʻlovi kafillik summasining kredit boʻyicha uzilmagan qarzdorlik summasiga nisbatan proportsional boʻlgan summasi miqdorida, Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzilgandan keyin 15 kun ichida amalga oshiriladi. Sugʻurta toʻloviga kredit boʻyicha foizlar kirmaydi.

Sugʻurta qoplamasini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror 15 (oʻn besh) kun ichida xabar qilinishi lozim. 

“Mening oilam” tibbiy sug‘urta polisi

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalangan shaxs bilan sugʻurta davri ichida roʻy bergan va tibbiy xizmatlar olinishini talab etuvchi oʻtkir kasallik, jarohat, zaharlanish, muzlab qolish, kuyish holatlari

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

Kompaniya Sugʻurtalangan shaxsga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun tibbiy muassasaga toʻlov topshiriqnomalarini toʻlashni mustaqil ravishda amalga oshiradi.

“Mening uyim” mulk sug‘urtasi polisi

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Quyidagilar natijasida Sugʻurtalovchining mulkiy manfaatlariga zarar yetishi:

- sugʻurta davri ichida va sugʻurtalash joyi chegarasida mulkka zara yetishi yoki uning yoʻqotilishi;

- Sugʻurta davri ichida sugʻurtalangan mulkdan foydalanishda uchinchi shaxsning hayoti, sogʻligʻi va/yoki mulkiga zarar yetkazgalik uchun Sugʻurtalovchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganda

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

- mulkning yoʻqotilishi (toʻliq nobud boʻlishi)da – mulkning sugʻurta hodisasi roʻy belgan sanadagi haqiqiy qiymatida, lekin sugʻurta summasidan koʻp boʻlmagan miqdorda.

Sugʻurtachi zararni sugʻurta qoplamasi chegarasida haqiqiy koʻrinishda kompensatsiya qilib berishga haqli.

- Sugʻurtalovchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi xolatida – sud qarori yoki tomonlarning kelishuviga koʻra, uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar miqdorida.

Agar Sugʻurtalovchi uchinchi shaxslardan zarar qoplamasini olgan boʻlsa, Sugʻurtachi faqatgina uchinchi shaxslar tomonidan olingan summa oʻrtasidagi farqni toʻlab beradi.

Aralash tibbiy sug‘urta

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalovchining quyidagi holatlardagi mulkiy manfaatlari:

- tibbiy xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni qoplash;

- yuqumli kasallik holatida sugʻurta toʻlovini amalga oshirish.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

Tibbiy muassasada Sugʻurtalangan shaxs tavsiya qilingan tibbiyot xodimiga murojaat qiladi. Tibbiyot xodimi Sugʻurtalangan shaxsga tibbiy-statistik kartani rasmiylashtiradi. Unda mazkur tibbiyot muassasasida Sugʻurtalangan shaxsga koʻrsatilgan barcha tibbiy xizmatlar qayd etiladi. Sugʻurtalangan shaxs barcha olingan tibbiy xizmatlar uchun imzo qoʻyishi shart, aks holda Kompaniya tibbiy muassasaning xarajatlarini toʻlab bermaydi.

Tibbiy xizmatlarga zaruriyat boʻlganda tegishli profilga ega boʻlgan tibbiy muassasaga yoʻllanma olish uchun Sugʻurtalangan shaxs sugʻurta polisida koʻrsatilgan telefon orqali Kompaniyaning Assistans xizmatiga murojaat qilishi  va keyinchalik operatorning yoʻriqnomalariga amal qilishi kerak.

Sugʻurtalangan shaxsga tibbiy xizmatlar tibbiyot muassasida Sugʻurta dasturi chegarasida Kompaniyaning Assistans xizmati dispetcherining yoʻllanmasiga binoan, taqdim etilgan Sugʻurta polisi va pasporti asosida koʻrsatiladi.

Sugʻurtalangan shaxs tomonidan tibbiy xizmatlar olingandan soʻng, Kompaniya Sugʻurtalangan shaxsga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun personal sugʻurta summasi chegarasida tibbiy muassasalarning  toʻlov topshiriqnomalarini mustaqil ravishda toʻlashni amalga oshiradi.

Yuqumli kasalliklar holatida, sugʻurta toʻlovini olish uchun Sugʻurtalangan shaxs tashhis oʻrnatilgandan soʻng 30 (oʻttiz) kun ichida Kompaniyaga yozma ariza bilan murojaat qilishi lozim.

Yuqumli kasalliklar holatida, Kompaniyaga sugʻurta toʻlovini talab qilib murojaat etilganda Sugʻurtalangan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:

- toʻlovni amalga oshirishi toʻgʻrisida ariza, davolash oʻtkazilgan tibbiy muassasani koʻrsatgan holda;

- oʻrnatilgan shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan kasallik tarixidan koʻchirma, unda gospitallashtirishning aniq klinik tashhisi va sanasi koʻrsatilgan boʻlishi lozim;

- Sugʻurta polisi;

- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat.

Yuqumli kasalliklar holatida sugʻurta toʻlovlari quyidagi miqdorda boʻladi:

Yuqumli kasalliklar boʻyicha umumiy sugʻurta toʻlovlari summasi mazkur Shartnomaning 1-Ilovasida koʻrsatilgan yuqumli kasalliklar boʻyicha personal sugʻurta summasidan oshishi mumkin emas.

Yuqumli kasalliklar boʻyicha sugʻurta toʻlovi sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi barcha zarur hujjatlar olingandan soʻng 15 (oʻn besh) kun ichida amalga oshiriladi.

Kompaniya tomonidan tibbiy xizmatlar xarajatlarini qoplash uchun amalga oshirilgan har bir toʻlov, shuningdek yuqumli kasalliklar holatida toʻlangan sugʻurta toʻlovlari shunday toʻlov summasi miqdorida tegishli qoplama boʻyicha sugʻurta summasini kamaytiradi.

“Mening avtomobilim” Jismoniy shaxslarning transport vositasini sug‘urta qilish polisi

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurta davri ichida sugʻurta hududi chegarasida roʻy bergan qaltisliklarning biri roʻy berishi natijasida avtotransport vositasi qismlari (kuzov, detallari, qismlari, uskunalari)ning yoʻqotilishi yoki zararlanishi Sugʻurta hodisasi hisoblanadi.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

Sugʻurtachi tomonidan sugʻurta qoplamasi toʻlovi hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 15 (oʻn besh) kalendarь kuni ichida amalga oshiriladi.

Sugʻurta qoplamasini toʻlash baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan zarar miqdorida, amortizatsiya summasini chiqarib tashlamagan holda, sugʻurta summasi chegarasida, franshiza turi va kattaligini hisobga olgan holda, pul mablagʻlarini hisobraqamga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi

Agar Sugʻurtalovchi uchinchi shaxslardan zarar qoplamasini olgan boʻlsa, Sugʻurtachi faqatgina sugʻurta shartlariga koʻra toʻlab berilishi lozim boʻlgan summa hamda uchinchi shaxslar tomonidan olingan summa oʻrtasidagi farqni toʻlab beradi.

Yakka tartibdagi  tadbirkorkorlar uchun "Mening biznesim" sug‘urta polisi

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

- sugʻurta davri ichida roʻy bergan baxtsiz hodisa natijasida Sugʻurtalovchining sogʻligʻiga zarar yetishi yoki oʻlimi;

- Sugʻurta davri ichida roʻy bergan baxtsiz hodisa holatida dispetcher yoʻllanmasiga koʻra statsionar davolanishda yotgan vaqtida Sugʻurtalovchining kunlik oʻrtacha daromadining yoʻqotilishi.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

Sugʻurtachi Sugʻurtalovchiga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun hisob topshiriqnomalarinitoʻlashni mustaqil ravishda amalga oshiradi, shu jumladan baxtsiz hodisa roʻy bergan joyga shifokorni chaqirish, gospitallashtirish va dori-darmon taʼminoti uchun.

Agar Sugʻurtalovchi Toʻlovlar jadvaliga koʻra sugʻurta toʻlovini olgan boʻlsa, Sugʻurtalovchi mazkur sugʻurta hodisasi boʻyicha tibbiy muassasada xizmatlar olishga haqli boʻlmaydi.

Sugʻurtalovchining oʻlimi holatida, sugʻurta qoplamasi sugʻurta summasi miqdorida, muqaddam toʻlangan summalarni chiqarib tashlagan holda uning Naf oluvchisiga toʻlab beriladi.

Daromad yoʻqotilishi holatida – kunlik oʻrtacha daromad miqdorida, Sugʻurtalovchining tibbiy muassasada boʻlgan har bir kuni uchun, daromadni yoʻqotganlik uchun sugʻurta summasi chegarasida amalga oshiriladi.

Toʻlovlar jadvali boʻyicha va/yoki daromadni yoʻqotish boʻyicha sugʻurta toʻlovi 15 kun davomida amalga oshiriladi.

Notariuslarning kasbiy mas’uliyatini sug‘urta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtaga olingan faoliyatni amalga oshirishda, oʻz professional majburiyatlarining buzilishi natijasida notarius tomonidan zarar yetkazilishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra javobgarlikning yuzaga kelishidagi Sugʻurtalovchining mulkiy manfaatlari.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

- Sugʻurtalovchining oʻz professional majburiyatlarining buzilishi natijasida  Naf oluvchiga yetkazgan zarari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra kompensatsiya sifatida qoplab berishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi;

- sugʻurta hodisasi natijasida yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi ishni suda koʻrib chiqilishi natijasida adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar.

Sugʻurta qoplamasi Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 15 (oʻn besh) kun ichida Sugʻurtalovchinign hisobraqamiga pul oʻtkazib berish yoʻli bilan Kompaniya tomonidan toʻlab beriladi.

Yetkazilgan zararlarni qoplash uchun Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan har bir toʻlov sugʻurta summasini ana shunday toʻlov summasi miqdorida kamaytiradi, agarki qoplash limitini tiklash uchun qoʻshimcha sugʻurta mukofoti toʻlanmasa.

“Mening sog‘lig‘im” Jismoniy shaxslarni baxtsiz xodisalardan sug‘urta qilish polisi

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalangan shaxs ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holda sodir boʻluvchi, Sugʻurtalangan shaxs organizmiga tashqaridan taʼsir etib va buning oqibatida unga travmatik jarohat yoki sogʻligʻiga boshqa zarar yetkazuvchi voqea, Sugʻurtalangan shaxsning oʻlimiga olib keluvchi baxtsiz hodisa.

Sogʻliqqa boshqa zarar yetkazilishi deganda  quyidagilar tushuniladi:

- kuyish, portlash, yashin unishi yoki elektr toki taʼsir etishi natijasidagi tan jarohatlari;

- zaharli oʻsimliklar, kimyoviy moddalar, dori vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan zaharlanish va/yoki zaharli va/yoki kuydiruvchi moddalar, bugʻlar yoki gazlar bilan nafas olish yoki taʼsirlanish oqibatida yuzaga kelgan zaharlanish;

- muzlab qolish, choʻkish, yovuz niyatli shaxslarning tajovuz qilishi, hayvonlar yoki hasharotlarning chaqishi, oftob urishi, nafas olish yoʻllariga begona jismlarning tasodifiy tushishi, anafilaktik shok, shuningdek transport vositalari (avtomobilь, poyezd va boshqalar) harakatlanayotganda yoki ularning halokati vaqtida, mashinalar, mexanizmlar va turli hildagi asboblardan foydalanish vaqtida olingan jarohatlar.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

Sugʻurtachi Sugʻurtalovchiga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun hisob topshiriqnomalarinitoʻlashni mustaqil ravishda amalga oshiradi, shu jumladan baxtsiz hodisa roʻy bergan joyga shifokorni chaqirish, gospitallashtirish va dori-darmon taʼminoti uchun.

Agar Sugʻurtalangan shaxs Toʻlovlar jadvaliga koʻra sugʻurta toʻlovini olgan boʻlsa, mazkur Sugʻurtalangan shaxs ushbu sugʻurta hodisasi boʻyicha tibbiy muassasada xizmatlar olishga haqli boʻlmaydi.

Sugʻurtalangan shaxsning baxtsiz hodisa natijasidagi oʻlimi holatida, sugʻurta qoplamasi uning vorislariga tibbiy xizmatlar boʻyicha sugʻurta summasining 100% miqdorida, muqaddam toʻlab berilgan summalarni chiqarib tashlagan holda toʻlab beriladi.

Jismoniy shaxslarni baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash boʻyicha

 “Mening sogʻligʻim” sugʻurta polisi uchun Ariza-soʻrovnomani yuklab olish

Chet elga chiquvchi shaxslarning bagajini sug‘urta qilish shartnomasi

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurta davrida roʻy bergan va hujjatlar bilan tasdiqlagan, quyidagilar natijasida yuzaga kelgan, bagajning toʻliq nobud boʻlishi,  qisman zarar yetishi, yoʻqotilishi:

- tabiiy ofatlar: boʻron, doʻl, suv toshishi, sel, zilzila, dovul, yer koʻchishi va xk.;

- yongʻin, yashin urishi, portlash, yongʻinni oʻchirish uchun koʻrilgan choralar;

- oʻgʻirlanish, bosqinchilik, qaroqchilik;

- transport vositasi bilan roʻy bergan avariya yoki halokat, yoki Sugʻurtalovchi bilan roʻy bergan baxtsiz hodisa;

- bagajning uchinchi shaxslar tomonidan qasdan buzilishi.

Zarar quyidagi tartibda qoplanadi:

- bagaj toʻliq nobud boʻlsa yoki qisman yoʻqotilsa – uning haqiqiy qiymati miqdorida, shartsiz franshiza summasini chiqarib tashlagan holda;

- bagajga qisman zarar yetishi holatida – taʼmirlash xarajati miqdorida, shartsiz franshiza summasini chiqarib tashlagan holda.

Bagaj toʻliq nobud boʻlgan deb hisoblanadi, agarki uni taʼmirlash xarajatlari bagajning Sugʻurta shartnomasini tuzish vaqtida belgilangan haqiqiy qiymatidan oshib ketsa.