Sug’urta agentlarining rasmiy veb-sayti

Sug'urta lug'ati

A B G D E J Z I K Q L M N O P R S T U O` F X H Ts Sh Yu Ya

 

Abandon
sug`urta hodisasi yuz berganda sug`urta pulini to`liq olish maqsadida sug`urta qildiruvchining sug`urtalangan mulkga bo`lgan huquqlaridan sug`urtalovchi foydasiga voz kechish huquqi.

Avariya komissari
sug`urtalangan kema va yuklar bo`yicha zararning sababi, tavsifi va miqdorini aniqlash bilan shug`ullanuvchi vakolatli jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug`urtalovchi avariya komissarini mamlakat ichida hamda ushbu mamlakatning qonunchiligiga muvofiq chet elda tayinlaydi. Amalga oshirilgan ishlarning natijalariga muvofiq avariya komissari avariya sertifikatini tuzadi. Avariya komissari vazifasini adjaster bajaradi.

Avariya sertifikati
avariya komissari tomonidan tuziluvchi, zararning miqdori va sabablari ko`rsatilgan hamda yuz bergan voqea bilan bog`liq tavsilotlarni O`z ichiga olgan boshqa ma`lumotlar kiritilgan hujjat. Avariya sertifikati zarar etkazilganligini tasdiqlaydi va uning qoplab berishni kO`zda tutmaydi. Avariya sertifikati asosida sug`urtalovchi da`vo bo`yicha sug`urta qoplamasini to`lab berish yoki bermaslik to`g`risida qaror qabul qiladi.